
Jahon
Pokiston sobiq bosh vaziri sudga boradigan boʻldi
Soʻnggi kunlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xonni sud qaroriga asosan hibsga olishga harakat qilgan, biroq ular “Adolat Harakati” partiyasi tarafdorlarining qarshiliklariga duch kelgan. Bir necha kunlik qarshiliklar va toʻqnashuvlardan soʻng nihoyat sobiq bosh vazir sudga boradigan boʻldi.